Mehmon necha soniya kutdi
Vaqt mehmon tugmani bosgan soniyadan hisoblanadi va javob berilganda muhrlanadi.
Mehmon necha soniya kutdi, kim javob bermadi, nimadan norozi, xodim ishga keldimi — hammasi bitta hisobotda. Bu raqamlar xodimning qo'lidan o'tmaydi, shuning uchun ularni bo'yab bo'lmaydi.
Oy oxirida emas, har kuni. Xulosani tizim chiqaradi — sababi bilan.
| Xodim | Javob bergan | O'rtacha | Javobsiz | Tushum | Baho | Xulosa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Doston Yo'ldoshevofitsiant · 2-zal | 214 | 0:11 | 0 | 18.4 mln | 4.8 | Yaxshi |
| Sardor Aliyevofitsiant · 1-zal | 187 | 0:19 | 1 | 15.1 mln | 4.5 | Yaxshi |
| Jasur Ergashevofitsiant · 2-zal | 96 | 1:04 | 2 | 7.8 mln | 4.1 | Me'yorida |
| Aziz Rahimovofitsiant · 1-zal | 31 | 2:43 | 7 | 3.2 mln | 3.4 | E'tibor bering |
Kun bo'yi 40 soniya, kechqurun 3 daqiqa bo'lsa ham o'rtacha «1 daqiqa» chiqadi — va siz hech narsani sezmaysiz. Shuning uchun har soat alohida ko'rsatiladi.
Bitta past bahodan qimmatroq: mehmon indamay chiqib ketadi va sababini aytmaydi. O'shanda kim smenada bo'lgani shu zahoti yoziladi — keyin hisoblab bo'lmaydi.
| Sana va vaqt | Stol | Nima so'ralgan | Natija | O'shanda smenada edi |
|---|---|---|---|---|
| 14-sentabr, 20:41 | № 12 | Ofitsiant chaqirildi | javobsiz | Aziz Rahimov, Jasur Ergashev |
| 14-sentabr, 21:03 | № 7 | Hisob so'raldi | javobsiz | Aziz Rahimov |
| 12-sentabr, 19:58 | № 3 | Ofitsiant chaqirildi | javobsiz | Aziz Rahimov, Sardor Aliyev |
Ko'k bilan belgilangani boshqa tizimlarda yo'q — biz maxsus shuning uchun qurilganmiz.
Vaqt mehmon tugmani bosgan soniyadan hisoblanadi va javob berilganda muhrlanadi.
Javobsiz qolgan chaqiruv va o'sha paytda kim smenada bo'lgani — o'sha zahoti yoziladi.
O'z so'zi bilan: ovoz, rasm yoki video. Baho xizmat qilgan ofitsiantga bog'lanadi.
Rasm bilan. Mehmon o'zi buyurtma beradi, ofitsiantni ham shu yerdan chaqiradi.
Kim kech qoldi, necha daqiqa, shu oyda necha kun ishladi va kimga qancha qarzdorsiz.
Tannarx, marja va sotuv — taom bo'yicha. Tannarx eskirsa tizim o'zi eslatadi.
Filiallar yonma-yon: tushum, javob vaqti, baho va QR qamrovi.
Raqamni o'zi o'qiydi va nimadan boshlashni aytadi. Muhimi Telegramingizga keladi.
Aloqa uzilsa oxirgi holat ko'rinadi, bosilgan amal navbatga tushadi va o'zi yuboriladi.
Sizda kassa allaqachon bor va biz uni almashtirmaymiz. Biz kassa ko'rmaydigan narsani ko'rsatamiz.
| Imkoniyat | Servismenu | Kassa / POS | QR menyu dasturlari |
|---|---|---|---|
| Menyu va buyurtma | bor | bor | bor |
| Ofitsiant chaqirish | bor | yo'q | ba'zisida |
| Javob vaqti — soniyadamehmon tugmani bosgandan | bor | yo'q | yo'q |
| Javobsiz chaqiruv + kim smenada edi | bor | yo'q | yo'q |
| Baho aniq ofitsiantga bog'lanadi | bor | yo'q | yo'q |
| Ovozli, rasmli va videoli shikoyat | bor | yo'q | yo'q |
| Davomat va oylik hisobi | bor | ba'zisida | yo'q |
| Tannarx va foyda | bor | bor | yo'q |
| Kassa va fiskal chek | yo'q | bor | yo'q |
Telegram bot 6 ta savol beradi — bir daqiqa. Tasdiqlangach boshliq, menejer va ofitsiant uchun login-parol o'sha yerga keladi.
QR kodlar panelda tayyor — chop etib stolga qo'yasiz. Mehmon ilova o'rnatmaydi, menyu 8 tilda, ofitsiantni ham shu yerdan chaqiradi.
Telefoningizda yoki kompyuterda. Muhim xulosa shaxsiy Telegramingizga o'zi keladi.
Kodni skanerlang — restoran stolida o'tirganingizdek menyu ochiladi. Taom tanlang, ofitsiant chaqiring, baho qoldiring. Hammasi haqiqiy tizimda ishlaydi.
Brauzerda ochishDunyodagi fast-food tarmoqlari avtoulov oynasida 20 yildan beri soniya o'lchaydi. Taymer qo'yilgan do'konlar qo'yilmaganidan 29 soniya tezroq ishlaydi. Biz o'sha usulni zalga olib kirdik — farqi bitta: bu yerda taymerni mehmonning o'zi bosadi.
QSR Drive-Thru Report, 2024 · HME ZOOM va Delphi tizimlari 35 000 dan ortiq joyda, 70 mamlakatda ishlaydiBa'zi restoranlarda zalda telefon ishlatish taqiqlangan. Shuning uchun qo'l soati uchun alohida ilova bor — u Wi-Fi ga o'zi ulanadi, telefon umuman kerak emas. Egasi tanlaydi.
Chaqiruv ikkalasiga bir xil keladi, javob vaqti bir xil o'lchanadi. Xodimga qaysi birini berishni egasi hal qiladi — hisobot esa o'zgarmaydi.
Bilakda kundalik ish ikki bosishdan oshmaydi. Ekran o'qish uchun emas — u nima qilish kerakligini o'zi aytadi.
Sinalgan qurilma — Samsung Galaxy Watch4 (Wear OS). Soat Wi-Fi ga o'zi ulanadi: telefonga bog'lanmaydi.
To'liq ish: buyurtma kiritish, menyu, stollar, hisobot. Egasi va menejer uchun ham shu ilova.
Android va iOS. Internet uzilsa oxirgi ma'lumot ko'rinadi, bosilgan amal navbatga tushadi va aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi.
6 stolli choyxona bilan 40 stolli restoran bir xil to'lamaydi.
| Tarif | Oylik to'lov | O'rnatish | Birinchi oy |
|---|---|---|---|
| 1–10 stol | 250 000 | $150 | bepul |
| 11–25 stol | 500 000 | $300 | bepul |
| 26–50 stol | 1 000 000 | $600 | bepul |
Ishga kelish va kechikish · oylik va qarz · kim yaxshi ishlayapti · qaysi soatda odam yetishmayapti · filiallarni taqqoslash. Hammasi boshidan oxirigacha yozilgan.
Biznes tizimiYo'q. Servismenu kassaga ham, oshxonaga ham aralashmaydi. Ofitsiant buyurtmani sizning tizimingizga avvalgidek kiritadi. Biz faqat mehmon bilan nima bo'layotganini ko'rsatamiz.
Yo'q. Javob vaqti mehmon tugmani bosgan soniyadan hisoblanadi va birinchi javobda muhrlanadi — keyin uni hech kim, hatto egasi ham o'zgartira olmaydi. Baho ham mehmonning o'z telefonidan keladi.
Yo'q. QR kodni kamera bilan ochadi — menyu brauzerda ochiladi. Ro'yxatdan o'tish ham, telefon raqami ham so'ralmaydi.
Xodim ilovasi oxirgi holatni saqlab turadi va bosilgan tugmalar navbatga tushadi — aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi. Zal ko'rinmay qolmaydi.
Biz kiritamiz — o'rnatish to'lovi shuning uchun. Keyinchalik narxni o'zingiz telefondan o'zgartirasiz.
Qo'l soati uchun alohida ilova bor. Soat Wi-Fi ga o'zi ulanadi, telefon umuman kerak emas. Egasi tanlaydi.
Ariza Telegram botda — bir daqiqa. Avval bir oy ishlatib ko'rasiz, keyin to'laysiz. Kassangiz o'zgarmaydi.