QR menyu

QR menyu restoran uchun

QR menyu — stolga qo'yilgan kod. Mehmon telefon kamerasini tutadi va menyu ochiladi: rasmi, narxi va tavsifi bilan. Ilova o'rnatmaydi, ro'yxatdan o'tmaydi. Shu yerdan ofitsiantni chaqiradi, hisobni so'raydi va oxirida baho qoldiradi.

Qanday ishlaydi

Uch qadam

  1. Har stolga QR kod

    Har stolning o'z kodi panelingizda tayyor turadi. Chop etib stolga qo'yasiz; stol qo'shsangiz, yangi kod o'sha zahoti paydo bo'ladi.

  2. Mehmon o'z telefonidan ochadi

    Menyu 8 tilda ochiladi: o'zbekcha (lotin va kirill), ruscha, inglizcha va boshqalar. Tilni bir bosishda almashtiradi.

  3. Ofitsiant va siz bilib turasiz

    «Ofitsiant» bosilsa, ofitsiantning telefoni jiringlaydi. Kutish vaqti, baho va izohlar — sizning panelingizda.

Foydasi

QR menyu restoranga nima beradi

Narxni bir daqiqada o'zgartirasiz

Go'sht narxi ko'tarildi — telefondan yangilaysiz, hamma stolda o'sha zahoti yangi narx. Qayta chop etish yo'q.

Mehmon kutib qolmaydi

«Ofitsiant» bosilganda xodimning telefoni jiringlaydi — qulflangan bo'lsa ham. 45 soniyada javob bo'lmasa, butun zalga boradi.

Mehmon fikri sizga keladi

Baho va izoh — matn, ovoz, rasm yoki video bilan — to'g'ridan-to'g'ri panelingizga tushadi.

Qaysi taom foyda keltiradi

Tannarx kiritsangiz, har taomning foydasi va eng ko'p sotilgani ko'rinadi.

Narx

QR menyu qancha turadi

Narx stol soniga qarab. Birinchi oy — butunlay bepul.

1–10 stol

250 000so'm / oy
O'rnatish — $150, bir marta
Birinchi oy bepul
Boshlash
Ko'p tanlanadi

11–25 stol

500 000so'm / oy
O'rnatish — $300, bir marta
Birinchi oy bepul
Boshlash

26–50 stol

1 000 000so'm / oy
O'rnatish — $600, bir marta
Birinchi oy bepul
Boshlash

50 stoldan ko'p bo'lsa — har 25 stolga +500 000 so'm va +$300. O'rnatish bir marta to'lanadi: menyuni kiritish, sozlash va xodimlarga o'rgatish.

Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

QR kodni kim qo'yadi?

Har stolning QR kodi panelingizda tayyor turadi — chop etib, stolga qo'yasiz. Stol stendi ham shu yerdan chiqadi: A4 qog'ozga ikkitadan, kesib olasiz.

Mehmonga ilova kerakmi?

Yo'q. Kamerani QR ga tutadi va menyu brauzerda ochiladi. Ro'yxatdan o'tish ham yo'q.

Wi‑Fi shartmi?

Shart emas — mehmonda mobil internet bo'lsa yetadi.

Qog'oz menyu kerak bo'lmay qoladimi?

Qog'oz menyungiz joyida qoladi. QR unga qo'shimcha: kim xohlasa telefonidan ko'radi va ofitsiantni shu yerdan chaqiradi.

Mavjud kassa bilan ishlaydimi?

Kassangizga tegmaymiz: to'lov va chekka aralashmaymiz. Ofitsiant buyurtmani avvalgidek o'z tizimingizga kiritadi — bor tizimingizni almashtirish shart emas.

Menyuni o'zim o'zgartira olamanmi?

Ha. Narx, rasm va yangi taomlarni o'zingiz o'zgartirasiz — web panelda yoki telefondagi ilovada.

Ma'lumotlar xavfsizmi?

Har restoranning ma'lumoti alohida — boshqa restoran uni ko'ra olmaydi.

Birinchi oy bepul

Restoraningizda sinab ko'ring

Ariza Telegram botda — bir daqiqa. Bir oy ishlatib ko'rasiz, yoqsa davom ettirasiz. Kassangiz o'zgarmaydi.